Builder
GNOME uchun ilovalar yarating
Builder GNOME uchun faol ishlab chiqilgan integratsiyalashgan yaratish muhitidir. U GTK+, GLib va GNOME API kabi muhim GNOME texnologiyalarini integratsiyalashgan hamda har bir dasturchi qadrlaydigan sintaks va kod parchalarni belgilash kabi jihatlarni oʻzida jamlaydi.
Siz Builderning GNOME bilan birgalikda har olti oyda chiqadigan yangi versiyalariga bemalol ishonishingiz mumkin.
Xususiyatlari:
- Koʻplab dasturlash tillari uchun oʻrnatilgan sintaksisni ajratib koʻrsatish imkoniyati
- Yonma-yon kod tahrirlovchilari
- Multi-monitorni qoʻllab-quvvatlash
- Kod haqida umumiy ma’lumot mini-xaritasi
- Git bilan integratsiya
- Autotools, Cargo, CMake, Gradle, Meson, Mavon, Make, PHPize va Waf bilan integratsiya
- Clangʻga asoslangan avtomatik toʻldirish, semantik ajratib koʻrsatish va diagnostika
- Pythonʼga asoslangan avtomatik toʻldirish, semantik ta'kidlash va diagnostika
- Valaʼga asoslangan avtomatik toʻldirish va diagnostika
- C, Python, Vala va XML uchun avtomatik indentatsiyalash qoʻllab quvvatlanadi
- HTML, Markdown, va reStructuredText hamda Sphinx uchun jonli oldindan koʻrish
- Ixtiyoriy Vim, Emacs, va SublimeText uslibida tahrirlash
- Mahalliy ilovalar uchun integratsiyalangan dasturiy taʼminot profili
- Mahalliy ilovalar uchun integratsiyalashgan xatolarni tuzatuvchi debugger
- Jhbuild va flatpak ran vaqtlarilari bilan qurish uchun qoʻllab-quvvatlash
- Kodlaringizdagi TODOʻlarni koʻrish uchun qoʻllab quvvatlash
- Fayllar va belgilar boʻylab tezkor loyqa matn qidirish
- Arduino bilan arduino-cli integratsiyasi
Ishtirok eting
Interfeysni o'rganing







Biz bilan tanishing
Batafsil
Kalit so'zlar
- Build
- Builder
- Develop
- Development
- IDE
- Ishlab chiqish
- Linux
- Yaratish