Iotas
Oddiy qayd qilish
Iotas mobil qurilmalarga moslashgan dizayni orqali diqqatni chalg‘itmaydigan tarzda eslatma yozish imkoniyatini taqdim etishga intiladi.
Tavsiya etiladigan
- Nextcloud qaydlar bilan ixtiyoriy tezkor sinxronlash
- Oflayn qaydlarni tahrirlash, onlayn bo‘lganda sinxronlash
- Turkumni tahrirlash va filtrlash
- Sevimlilar
- Imloni tekshirish
- To‘plam yoki alohida qaydlar ichidan qidirish
- Diqqatni jamlash rejimi hamda tahrirlovchi sarlavhasi va formatlash panelini ixtiyoriy yashirish imkoniyati
- Oldindan koʻrishda: PDF, ODT va HTML fayllarga eksport qilish
- Iotas mobil qurilmalarda bo‘lgani kabi kompyuter ish stolida ham qulaylikda ishlatishni ta’minlovchi yaxlit dizayn
- GNOME Shell orqali qidirish
- Qaydlarni zaxiralash va tiklash (CLIʼdan, sinxronlashtirishsiz foydalanish uchun)
- Shrift o‘lchamini o‘zgartirish va monospace uslubini yoqish/o‘chirish imkoniyati
Markdaun'da yozish imkoniyati mavjud, lekin ixtiyoriy, quyidagilarni taqdim etadi
- Uskunalar paneli va yorliqlar yordamida formatlash
- Sintaksisni mavzular bilan ajratish
- Formatlangan ko‘rinish
- Formatlangan ko‘rinishdan vazifalar ro‘yxatini faolsizlantirish imkoniyati
Bu turdagi narsalar uchun biroz texnik tafsilotlar
- Nextcloud qaydlar sinxronizatsiyasi WebDAV emas, balki REST API orqali amalga oshiriladi, bu esa uni tezkor qiladi
- Asosiy sinxronlash nomutanosibligini aniqlash mavjud
- Qaydlar doimiy ravishda saqlanadi
- Ishga tushirishni tezlashtirish uchun katta miqdordagi qaydlar to‘plami qisman yuklangan
- Qaydlar SQLiteʼda saqlanadi, bu esa g‘ildirakni qayta ixtiro qilmasdan tezkor qidiruv (FTS) imkoniyatini ta’minlaydi. Oddiy fayllarni zaxira nusxa yaratish (CLI) orqali olish mumkin.
Ishtirok eting
Interfeysni o'rganing





Biz bilan tanishing
Batafsil
Kalit so'zlar
- Chalg‘itish
- Distraction
- Document
- Editor
- Focused
- Fokuslangan
- Gnome
- Gtk
- Hujjat
- Iotas
- Linux
- Markdaun
- Markdown
- Matn
- Minimal
- Nextcloud
- Notes
- Qaydlar
- Tahrirchi
- Text
- TextEditor
- TextTools
- Utility
- Write
- Yozish