Keypunch
Matn terish qobiliyatingizni mashq qiling
Klaviaturada matn terish raqamli asrda muhim mahorat ekanligiga shubha yoʻq. Tez va toʻgʻri matn terish sizga koʻproq imkoniyatlar beradi. Siz uchun muhim boʻlgan narsalarga koʻproq vaqt va oʻz-oʻzini kamol toptirish hissini beradi.
Keypunch sizga matn terishni mashq qilish imkonini beradi. Tezkor sessiyalar va ulardan keyin tezkor fikr-mulohazalar hamda mavjud tillarning koʻpligi tufayli, siz buni bajarishdan biroz zavqlanishingiz mumkin. Qatʼiyat, toʻgʻri texnika va ma’lum vaqt o‘tgach, siz fikrlaringiz va g‘oyalaringizni ekranda so‘zlarga aylantirish tezligi va aniqligining sezilarli darajada oshganini kuzatasiz.
Agar siz allaqachon matn terishda mohir bo‘lsangiz, Keypunchʼda hali ham siz uchun nimadir bor. Raqamlar va tinish belgilari bilan mashq qiling yoki imkon qadar tezroq yozish uchun o‘z matningizni tanlang.
Yozishni tezlashtirishga tayyorlaning!
Keypunch GNOME platformasi uchun mavjud bo‘lgan ajoyib dasturiy taʼminotni qo‘llab-quvvatlovchi GNOME Circle tashabbusining faxrli qismidir. Batafsil GNOME Circle vebsaytiga kiring.
Ishtirok eting
Interfeysni o'rganing





Biz bilan tanishing
- Ta'minotchi
Brage Fuglseth
he/him
Batafsil
Kalit so'zlar
- Accuracy
- Aniqlik
- Daqiqadagi so‘zlar soni
- Dss
- Education
- Keyboard
- Keypunch
- Klaviatura
- Ko‘r usulda yozish
- Linux
- Matn terish
- Murabbiy
- Sinov
- Speed
- Test
- Tezlik
- Touch typing
- Trainer
- Typing
- Words per minute
- Wpm